“MENING OILAM” MAVZUSIDA GURUHLI PSIXOLOGIK SUHBAT HAMDA “OILALARDAGI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHIT”NI ANIQLASHGA QARATILGAN SO‘ROVNOMA

 

 

 

Shu yilning 15 yanvar kuni San’atshunoslik fakulteti, muzeyshunoslik yo‘nalishi 4-kurs talabalari bilan “Mening oilam” mavzusida guruhli psixologik suhbat olib borildi. Unda 21 nafar talaba ishtirok etdi. Har bir talaba o‘zining hozir va kelajak oilasi haqida mustaqil fikrlarini bayon etdilar.

 

Psixolog tomonidan oila mavzusida turli xil hayotiy savollar taqdim etilib, talabalar ongida oila tushunchasi qanday ekanligiga oydinlik kiritildi. Ushbu guruhli suhbatda savol-javob, taqqoslash kabi metodlardan unumli foydalanildi.

 

Oila mavzusida talabalar turli xil inson ruhiy holatiga ta’sir eta oladigan voqealarni so’zlab berish bilan faol qatnashdilar. Qolgan tinglovchilar esa ushbu oilaviy voqealarga o‘z munosabatlarini bildirishga harakat qildilar.

 

Talabalarda oila haqidagi dunyoqarashlari keng va orzularga boy. Talabalar bilan suhbat so‘ngida  Oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhit”ni aniqlashga qaratilgan anonim tarzdagi so‘rovnoma ham o‘tkazildi.

 

 

Zilola Nazarova

Institut psixologi

E'lonlar

Muhim sanalar

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Июль 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Talabalar ijodidan

Institut gazetasi

Flag Counter